ZARMED Universiteti talabalariga yana bir bor eslatib o‘tamiz: 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab kursdan kursga o‘tish uchun minimal GPA ko‘rsatkichi 2.6 etib belgilangan.
Ushbu tartib ZARMED Universiteti Kengashining 2025-yil 29-avgustdagi qaroriga asosan tasdiqlangan.
📔 GPA ko‘rsatkichi 2.6 dan past bo‘lgan talabalar kursdan kursga o‘ta olmaydi va qayta o‘qish bosqichida qoldirilishi mumkin.
Mazkur talab ta’lim sifatini oshirish, talabalarning fanlarni chuqur o‘zlashtirishi hamda o‘z mutaxassisligiga mas’uliyat bilan yondashishini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
Barcha talabalardan o‘quv jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘raymiz.