ZARMED Universiteti abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalarini ogohlikka chaqiradi.
So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar “universitetga kiritib qo‘yaman”, “3-kursdan o‘qishni boshlaysiz”, “imtihonsiz talaba qilib beraman”, “grant olib beraman” kabi turli va’dalar bilan abituriyentlar va talabalar bilan aloqaga chiqishi mumkin.
❗️Bunday va’dalarga ishonmang!
ZARMED Universitetiga qabul faqat belgilangan tartib (https://zarmeduniver.com/news/samarqand-kampusida-2026-2027-o-quv-yili-uchun-qabul-jarayoni-boshlandi) asosida amalga oshiriladi. Talabalikka qabul qilish, kursdan kursga o‘tkazish, grant ajratish yoki boshqa akademik jarayonlar faqat universitetning rasmiy tartib-qoidalari (https://zarmeduniver.com/news/samarqand-kampusida-2026-2027-o-quv-yili-uchun-qabul-jarayoni-boshlandi) asosida ko‘rib chiqiladi.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni, pasport ma’lumotlaringizni yoki to‘lov bilan bog‘liq ma’lumotlarni begona shaxslarga bermang. Hech qanday norasmiy shaxs yoki vositachi orqali to‘lov amalga oshirmang.
Rasmiy ma’lumotlarni faqatgina ZARMED Universitetining rasmiy sahifalari va qabul bo‘limi orqali olishingiz mumkin.