Buxoro kampusida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi
14-yanvar munosabati bilan ZARMED Universiteti Buxoro kampusida 28803-harbiy qism bilan hamkorlikda “Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida tantanali-ma’naviy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiy orkestrning jo‘shqin chiqishlari, talabalar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari hamda harbiy qasamyod marosimi tadbirga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi. Ushbu chiqishlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarda vatanparvarlik g‘oyalarini kuchaytirish, yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yuksaltirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.







