Samarqand kampusida Vatan himoyachilari kuni

Samarqand kampusida Vatan himoyachilari kuni

Samarqand kampusida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi 

Universitetimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida talaba-yoshlar qalbida vatanga sadoqat, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish, yurtimiz sarhadlarini hushyorlik bilan qo‘riqlayotgan himoyachilarimizga bo‘lgan yuksak hurmatni ifoda etishga alohida e’tibor qaratildi.

​Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram bilan yana bir bor tabriklaymiz!