ZARMED Universiteti talabalari Xalqaro talabalar ilmiy anjumanida g‘olib bo‘lishdi
Universitetimizning eng ilg'or talabalari Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Institutida oʻtkazilgan “XXI asr inson salomatligi: dolzarb savollar, muammolar va innovatsiyalar” III Xalqaro talabalar ilmiy anjumanida ishtirok etib oʻz ilmiy ishlarini himoya qilishdi.
Natijalar: — Pardayev Musobek O‘ktamovich (3-kurs, Davolash ishi)
“Surunkali buyrak yetishmovchiligi fonida qandli diabet terapiyasining zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi ishi bilan 2-o‘rin
— Ismatova Umida Foziljon qizi (3-kurs, Davolash ishi)
“Onkologik kasalliklarni aniqlash va davolashda sun’iy intellekt hamda suyuq biopsiya texnologiyalarining innovatsion ahamiyati” mavzusidagi ishi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Talabalarimizni tabriklaymiz va ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!





