ZARMED Universiteti talabasi “Umummilliy AI Hackathon” respublika tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Universitetimizning Farmatsevtika yo‘nalishi 205-guruh talabasi Mahmaraimov Suhrob “National AI Hackathon” respublika tanlovida “CYBER SCORPION” jamoasi sardori sifatida ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamoa taqdim etgan loyiha sun’iy intellekt asosida kiberxavfsizlikni kuchaytirish va noqonuniy moddalar tarqalishining oldini olish yo‘nalishida amaliy yechim taklif qildi. Hakamlar hay’ati loyiha innovatsionligi va ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholadi.
Universitetimiz nomidan Mahmaraimov Suhrob va “CYBER SCORPION” jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz hamda kelgusi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

