Ta’lim va tarbiyani bir butun deb bilgan ustozimiz To‘xtanazarova Shavqiya Ibadovnaning dars jarayonidan lavhalar
Bugungi kunda ta’lim sohasida fidoyilik va mas’uliyat bilan faoliyat olib borayotgan ustozlarimiz borligi katta boylikdir. Ana shunday ustozlardan biri — To‘xtanazarova Shavqiya Ibadovna.
U kishi o‘z pedagogik faoliyatida “Ta’lim tarbiyasiz bo‘lishi mumkin emas” degan tamoyilni ustuvor deb biladi. Dars jarayonlarida talabalarga nafaqat tibbiyot fanlari bo‘yicha bilim beradi, balki shifokorlik kasbiga xos mas’uliyat, axloqiy me’yorlar, kasbiy madaniyat va insoniy qadriyatlarni ham singdirib boradi.
Shavqiya Ibadovnaning har bir mashg‘uloti ilm va tarbiyaning uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bu esa uning ustozlik faoliyatidagi yuqori saviya va tajribadan dalolat beradi.

