2025-yil 23–24-may kunlari ZARMED University’ning Samarqand kampusida “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli tadbir doirasida 4 ta tematik sho‘ba faoliyat yuritdi va ularda ijtimoiy hamda gumanitar fanlar sohasidagi ta’lim-tarbiya jarayonining dolzarb muammolari, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalar keng muhokama qilindi. Konferensiyada respublikaning turli hududlaridan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar ishtirok etib, o‘z ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Anjuman yakunida faol ishtirok etgan talaba va tadqiqotchilar faxriy diplomlar, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa ularning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.