Ushbu oyda ZARMED Universitetida o‘tayotgan yakuniy imtihonlar adolatli va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi "Compliance nazorat" bo‘limi boshlig‘i Z. Amridinov hamda universitet profilaktika inspektori Z. Bobokulov tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda.
🔍 Imtihon jarayonlarida har qanday korrupsion holatlarga mutlaqo murosasiz yondashuv shakllantirilmoqda. Shuningdek, talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Maqsad — ta’lim tizimida poklik, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash.
📢 ZARMED University har doim adolatli, halol va bilimga asoslangan imtihonlar tarafdori!