Kelajak shifokorlari qasamyod qildi
ZARMED Universiteti Samarqand kampusida 1-bosqich tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun muhim va mas’uliyatli jarayon — shifokorlik qasamyodi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bu kun talabalarning hayotida yangi bosqich, fidoyilik va inson hayotiga xizmat qilish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Tadbir davomida ustozlar, ma’muriyat vakillari talabalarga iliq va samimiy tilaklar bildirishdi.
Talabalarimizga oq xalat sha’nini munosib ado etishlarini va kasblariga sadoqat bilan xizmat qilishlarini tilaymiz.








