Sharafli kasbga ilk qadamlar tashlandi.

Sharafli kasbga ilk qadamlar tashlandi.

Sharafli kasbga ilk qadamlar tashlandi

ZARMED Universitetining Buxoro kampusi 1-bosqich tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun «Shifokorlik qasamyodi» tadbiri tantanali ruhda o‘tkazildi.

Talabalar shifokorlikning yuksak qadriyatlari — inson hayotiga hurmat, halollik va fidoyilikni ifodalovchi qasamyodni qabul qildilar. Shuningdek, ularga kasb sharafi va mas’uliyatini anglatib turuvchi oq xalatlar topshirildi.

Biz barcha talabalarimizga kelajakda o‘z sohalarining yetuk, mahoratli va fidoyi mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ishonamiz. Yo‘lingiz yorug‘ bo‘lib, omad va zafarlar doimo hamrohingiz bo‘lsin!